196
mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini
takomillashtirish.
6.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda bu
jarayon tizimiy
islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror
amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning
muhim ahamiyati
shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining
inqirozi eng avvalo va kuchli
ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori
inflyatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi
bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun
uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari
tizimiga pul emissiyasini
cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash
va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: