205
ikkinchi yo‘nalish
– Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish
hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini
muayyan darajada saqlab turish;
uchinchi yo‘nalish
– islohotlarning dastlabki
bosqichida aholining kam
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
Shunday qilib, islohotlarning barcha
yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib
o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan
ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli
mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Islohotlarni
yauqurlashtirish,
mamlakatni
modernizatsiyalash
asosida
taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
Xulosalar
1.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
2.
O‘tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u
yoki bu tarkibiy o‘zgarishlarning qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud
bo‘lgan turli kuchlarning kurashi va o‘zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va
rivojlanish yo‘llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib
ketishi, o‘rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
3.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li besh
tamoyilni o‘z ichiga olib, “O‘zbek modeli” deb nom qozongan model asosida –
o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy
206
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan
iboratdir.
4.
Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad
mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati
yuritishning eng yaxshi
sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
5.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik
munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi.
6.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy
barqarorlikka
erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy
tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik
davlatni shakllantirish vazifalaridir.
7.
O‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng
aholi qatlamlari
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy
yo‘naltirilganligidir.
8. Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va
modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz
– ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat
barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil
ravishda amalga oshiriladi. Modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib,
bugungi
kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu
borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va
takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.