Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari
quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi: 
birinchi yo‘nalish
– narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish 
darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha 
darajasini muntazam oshirib borish; 


205 
ikkinchi yo‘nalish
– Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish 
hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini 
muayyan darajada saqlab turish; 
uchinchi yo‘nalish
– islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam 
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash. 
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq 
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va 
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha 
yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib 
o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan 
ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli 
mamlakatga aylantirishga xizmat qildi. 
Islohotlarni 
yauqurlashtirish, 
mamlakatni 
modernizatsiyalash 
asosida 
taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
Xulosalar 
 
1.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy 
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga 
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini 
o‘zgartirishdan iboratdir. 
2.
O‘tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u 
yoki bu tarkibiy o‘zgarishlarning qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud 
bo‘lgan turli kuchlarning kurashi va o‘zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va 
rivojlanish yo‘llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib 
ketishi, o‘rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi). 
3.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li besh 
tamoyilni o‘z ichiga olib, “O‘zbek modeli” deb nom qozongan model asosida – 
o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi 
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy 


206 
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin 
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan 
iboratdir. 
4.
Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad 
mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi 
sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. 
5.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan 
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti 
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga 
keltiriladi. 
6.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni 
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va 
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy 
tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik 
davlatni shakllantirish vazifalaridir. 
7.
O‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamlari 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy 
yo‘naltirilganligidir. 
8. Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va 
modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz 
– ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat 
barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil 
ravishda amalga oshiriladi. Modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi 
kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu 
borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va 
takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.


207 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin