210
narxi 300 ming so‘m bo‘lib, talabada faqat 200 ming so‘m mavjud, deb faraz
qilaylik. Bu holda talabaning yangi rusumdagi telefonga
nisbatan ehtiyoji talabga
aylanmaydi va binobarin, qondirilmaydi. Bu o‘rinda talaba yana 100 ming so‘m
miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming so‘mgacha bo‘lgan telefon xarid
qilishi mumkin. Shu holdagina uning qo‘l telefoniga nisbatan ehtiyoji talabga
aylanadi.
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi,
chunki narx
o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu
bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: