203
narxlari bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi
tenglikka erishishga
harakat qilinadi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan
davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning
dastlabki bosqichida
(1992 yil) keng doiradagi ishlab
chiqarish-texnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari,
bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan narxlari va tariflarga o‘tildi. Aholini
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi. Narxlar islohotining
ikkinchi bosqichida
(1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan
tartibga solish umuman
to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning
uchinchi bosqichida
(1994
yil oktabr-
noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo‘yib yuborildi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq
erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
boshqarishning tegishli tizimini
yaratishni
talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo‘lgan
tuzilmalari ishlab chiqildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy
organlar va vazirliklar
tugatildi (Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar
qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki
ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar
o‘rniga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar)
ijroiya-
boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in
boshqaruvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish
uslubiga o‘tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga
o‘tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.