Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
birinchi bosqichida
eng avvalo, quyidagi 
ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilgan: 
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda 
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish. 
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi 
muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash; 
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z 
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun 
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi 
natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq 
belgilab olish imkonini berdi. 


199 
Ikkinchi bosqichda
investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, 
bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan 
kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi: 
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga 
yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta – so‘mni yanada mustahkamlash; 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib 
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish
1

O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettirildi. 
Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni 
ko‘zda tutadi: 
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini 
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda 
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan 
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va 
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor 
o‘rin egallashiga erishish; 
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 
1
Karimov I.A. O‘zbеkiston buyuk kеlajak sari. T.: O‘zbеkiston, 1998. 332-333-bеtlar. 


200 

iqtisodiyotda 
mamlakatimiz 
iqtisodiy 
mustaqilligini 
yanada 
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish. 
Mashhur besh tamoyilga – asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy 
ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishiga 
aylandi. 
Shu narsani aytish mumkinki, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu model 
bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan 
kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi. 
2017 yildan keyingi davrda amalga oshirilayotgan islohotlarga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlariga 
tayangan holda bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Bu borada bajarilayotgan vazifalarning belgilab berilishida Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan hamda xalq referendumi orqali 
ma’qullangan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”ni keltirishimiz 
mumkin.
Ushbu strategiyaning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin