bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham
qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik,
yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish
taqozo qilinadi. Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar
bo‘yicha bordi.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi
rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi
firmalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining
ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va
valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta
kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan
iborat bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarni o‘z
ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari
tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni
boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha
vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy
himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada