Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini 
shakllantirish.
Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan. 
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga 
etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi. 
 
6.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari
va xususiyatlari 
 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni 
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga 
o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, 
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion 
yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa 
o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo‘ldagi 
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy 


197 
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin 
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li 
tanlandi. 
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li 
xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik 
talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari 
eng oliy qadriyat bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo 
etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab 
bermoqda»
1
.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li 
ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo‘lib, 
puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan 
“o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga 
oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin