Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tarmoqlararo raqobat
turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori 
foyda normasiga erishish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Bunday 
raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi 
yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda 
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga 
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham 
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari 
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan 
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu 
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda 
qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga 
sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni 
ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin
xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
Iqtisodiy adabiyotlarda 
bir tarmoq ichidagi raqobatning
to‘rtta shakli 
alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik 
raqobat va oligopoliyadir. 
Sof raqobat
sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda 
ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu 
mahsulot xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli 
bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmaydi yoki 
nazorat sezilarsiz darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab 
chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab 


243 
chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot 
narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar 
tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab 
chiqishi mumkin. Xususan, yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning 
raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va 
boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin