Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


resurslarni joylashtirish vazifasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

resurslarni joylashtirish vazifasi 
ishlab chiqarish omillarini 
ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona 
joylashtirish imkonini beradi. 
Raqobatning 
innovatsion vazifasi 
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo 
etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 
Raqobatning 
moslashtirish vazifasi
korxona (firma)larning ichki va tashqi 
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning 
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati 
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi. 
Raqobatning 
taqsimlash vazifasi 
ishlab chiqarilgan
 
ne’matlar
 
yalpi hajmi 
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va 
bilvosita ta’sir o‘tkazadi. 
Nihoyat, 
raqobatning
 
nazorat 
qilish 
vazifasi 
 
bozordagi ba’zi 
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik 
o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. 
O‘z miqyosiga 
ko‘ra
raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. 
Tarmoq ichidagi raqobat
tovar
ishlab chiqarish va sotishning qulayroq 
sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari 
o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan 
ishchilarning malakasi, ularning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi 
darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, 
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda 


242 
ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil 
etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. 
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi 
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan 
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini 
yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin