Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi 
– iste’molchi 
daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi 
ko‘rsatkich. 
Iste’molchining afzal ko‘rishi 
– iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli 
tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik 
– muayyan ne’matning navbatdagi birligini 
iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik. 
Yalpi (umumiy) naflilik
– so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarining 
yig‘indisi. 
Befarqlik egri chizig‘i
– ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisi. 
 
 
 
 


236 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu 
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? 
2.
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu 
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? 
3.
Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab va taklifning umumiy hajmi 
quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi deb faraz qilaylik: 
Talab, ming sentner 
hisobida 
Bir sentner narxi 
(so‘m) hisobida 
Taklif ming sentner 
hisobida 
Ortiqcha (+) 
yoki kam (-) 
85 
80 
75 
70 
65 
60 
3400 
3700 
4000 
4300 
4600 
4900 
72 
73 
75 
77 
79 
81 
a) Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo‘ladi? Bug‘doyning 
muvozanatlashgan miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring va natijalarini tushuntirib 
bering;
b) jadval ma’lumotlaridan foydalanib bug‘doyga bo‘lgan talab va taklif egri 
chiziqlarini 
grafik 
shaklida 
tasvirlang. 
Muvozanatlashgan 
narx 
va 
muvozanatlashgan miqdorni aniqlang;
v) nima uchun 3400 so‘m bu bozorda muvozanatlashgan narx bo‘la olmaydi? 
4900 so‘m-chi?
g) davlat bug‘doyning eng yuqori narxini 3700 so‘m qilib belgiladi deb faraz 
qilaylik. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O‘z 
javoblaringizni grafikda tasvirlang. 


237 
4. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda 
muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun talab va taklif egri 
chiziqlari grafigidan foydalaning: 
a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa 
o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g) talab ham, 
taklif ham ko‘payadi; d) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e) taklif 
ko‘payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab ham
taklif ham qisqaradi. 
5. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering. 
6. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu 
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
7. Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
9. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning 
iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang. 
10. Iste’molchi budjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday 
ta’sir ko‘rsatadi? 


238 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin