230
uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan
tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi
hatti-harakatini
tushunishda
iste’molchi
budjetining
cheklanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining
muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u
yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati
orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini
grafikda ikki turdagi
tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi
budjet chizig‘i
shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning
daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Misol
uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10
birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan
har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig‘ida joylashadi. Agar
iste’molchining daromadi 2
barvar oshsa, u holda uning budjet chizig‘i ham
tegishli
ravishda G
1
holatiga siljiydi.
Aksincha,
daromadning kamayishi,
budjet
chizig‘ining ham qisqarishiga va G
2
holatiga siljishiga olib keladi (7.6-rasm).
A tovar
40
20
G
1
10
G
G
2
0 5 10 20
V tovar
Dostları ilə paylaş: