226
narxning foizdagi o‘zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro‘y
berishini
anglatadi.
Tovarlarning talab yoki taklif bo‘yicha egiluvchanlik darajasini bilish real
hayotda ularning narx strategiyasini ishlab chiqish
hamda tovar sotishdan
olinadigan yalpi daromadni eng yuqori hajmiga yetkazishda ham muhim rol
o‘ynaydi.
7.4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining xatti-harakati
orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb
adabiyotlarida
mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi
hatti-harakati
nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda
1
.
Talabalarni mazkur
nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini
ko‘rib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi
hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya
yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari
bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining
biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: