224
uning go‘sht mahsulotlari iste’moli hajmi oyiga 7 kg ga yetdi, deb faraz qilaylik.
Iste’molchining go‘sht mahsulotlariga talabining daromad bo‘yicha egiluvchanligi
ko‘rsatkichini hisoblaymiz:
8
,
0
100
50
:
5
2
t
E
.
Ya’ni, iste’molchi daromadining 1% ga ortishi o‘z navbatida uning go‘sht
mahsulotlariga bo‘lgan talabi miqdorining 0,8% ga ortishiga olib kelmoqda. Xuddi
talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi singari taklifning narx bo‘yicha
egiluvchanligi ko‘rsatkichini ham
aniqlash mumkin.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan
sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini
ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi
deyiladi.
Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib
taklifning egiluvchanligi
deb ham
ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (E
tf
) darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
R
Q
E
tf
,
Bu yerda:
Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
R – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Yuqoridagi 7.2-jadval ma’lumotlaridan
foydalanib, kartoshka narxining turli
darajalaridagi o‘zgarishga muvofiq keluvchi taklif egiluvchanligi ko‘rsatkichlarini
aniqlash mumkin. Masalan, 1 kg kartoshkaning dastlabki narxi 700 so‘mdan 600
so‘mga pasayishi sotuvchilar tomonidan taklif miqdorini 60 tonnadan 50 tonnaga
qadar qisqartirilishiga olib kelgan.
Bu holda, kartoshka taklifining narx bo‘yicha
egiluvchanligi ko‘rsatkichi:
2
,
1
700
100
:
60
10
tf
E
ga teng.
225
Ya’ni, kartoshka narxining 1% ga pasayishi uni bozor taklifining 1,2% ga
qisqarishiga olib kelgan. Ta’kidlash lozimki, talabning narx bo‘yicha
egiluvchanligi singari taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichlari ham
tovarning har bir muayyan narx darajasi uchun farqlanadi. Jumladan,
jadvaldagi
ma’lumotlar bo‘yicha kartoshka narxi 600 so‘mdan 500 so‘mga pasayganda taklif
egiluvchanligi ko‘rsatkichi 2,4% ni, 500 so‘mdan 400 so‘mga pasayganda 1,7% ni
tashkil etadi va h.k.
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning
mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik
uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va
shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi.
Biz yuqorida
vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli
davrlaridagi taklifning
o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida
ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Shu o‘rinda,
Dostları ilə paylaş: