Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

T
b
 = T
f
 = N
m
 = M
m

bu yerda: T

– talab, T

– taklif, N
m
– muvozanatlashgan narx, M
m
– tovarning 
muvozanatli miqdori. 
Muvozanatlashgan narxning mohiyatini tushunish uchun vaqt omili katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq 
davrli muvozanat holatlarini farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim 
qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab 


221 
chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. 
Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish orqali 
ishlab chiqarish va taklifni ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday 
vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari (masalan, dam olish va bayram 
kunlari) ishlash, ish smenasini ko‘paytirish kabi tadbirlar kiradi. Uzoq davrli 
muvozanatni ta’minlash uzoq muddatli davrda amal qiluvchi omillardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, 
yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar 
haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish ham mumkin bo‘ladi. 
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda 
narx bo‘yicha egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar 
narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot 
miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday 
mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi 
sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib 
kelishi mumkin. 
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin