Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog‘i



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog‘i. 
Iste’molchi 
daromadida tovar qiymati qanchalik katta o‘rinni egallasa, unga talab shunchalik 
yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi 
bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam 
o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 


223 
foizga o‘sishi bir necha million so‘mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday 
oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi 
va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda 
kamaytiradi. 
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. 
Zeb-ziynat buyumlariga talab 
odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. 
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu 
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning 
keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga 
narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 
4. Vaqt omili. 
Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, 
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 
10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. 
Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki 
baliqqa o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi 
ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham 
oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini 
aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan 
foydalaniladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin