Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi 
deyiladi.
Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib 
talabning egiluvchanligi
deb 
ataladi. Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (E
t
) darajasi quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 
R
Q
E
t




Bu yerda:

Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 

R – narxlarning foizli o‘zgarishi. 
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi tovarning muayyan narx darajasi 
uchun alohida hisoblanadi. Masalan, 7.1-jadval asosida kartoshkaga talabning narx 


222 
bo‘yicha egiluvchanligini ko‘rib chiqaylik. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 1 kg 
kartoshka narxi 700 so‘mdan 600 so‘mga tushganda bozor talabi miqdori 10 
tonnadan 20 tonnaga qadar ortgan. Bunday holda talab elastikligi: 
7
700
100
:
10
10


t
E
ga teng. 
Ya’ni, kartoshka narxining 1 foizga pasayishi unga bo‘lgan talab miqdorining 
7 foizga o‘sishiga olib kelgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovarning har bir 
muayyan narx darajasi uchun talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi 
ko‘rsatkichlari farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha, kartoshka 
narxi 600 so‘mdan 500 so‘mga pasayganda talab egiluvchanligi ko‘rsatkichi 3% 
ni, 500 so‘mdan 400 so‘mga pasayganda 3,3% ni tashkil etadi va h.k. 
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. Ularning 
asosiylari quyidagilar: 
1. O‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. 
Odatda muayyan turdagi ehtiyojni 
bir qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Masalan, qishda 
sovuqdan saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq 
kiyimlardan foydalanish mumkin. Yoki biror joyga sayohatga borish uchun 
samolyot bilan bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu 
o‘rinda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd
avtomobil samolyotning o‘rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning 
boshqa o‘rinbosar tovarlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, unga bo‘lgan talab shunchalik 
ko‘p egiluvchan bo‘ladi. Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan 
tovarlarning o‘rinbosar tovarlari juda ko‘p bo‘lib, shu sababli har bir alohida 
sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan hisoblanadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin