227
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir
miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda
o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-
ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi
boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan
olinayotgan
naflilikning hosilasini ifodalaydi:
XY
Y
X
U
)
,
(
.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini
iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir.
So‘nggi qo‘shilgan
naflilik
umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi
hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga
qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori
sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi»
mavjud bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu
iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning
mohiyati shundan
iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa,
ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan ma’lum
vaqtdan
boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan
qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p
yalpi naflilikka ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: