283
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p
jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari,
narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga
qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar
quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;
b) narxlarning o‘sishini
sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada
saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat shu yo‘llardan birini
tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos
kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi,
isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va
kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil
davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo‘lini tanlab oldi. Barcha
turdagi xomashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo‘la
erkin qo‘yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining
birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi.
Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan
chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari,
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l
bilan
Dostları ilə paylaş: