Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning 
boshida)
keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, 
ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin 
narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi 


284 
oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim 
turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
kelishilgan 
ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va 
davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. 
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktabr-
noyabr)
xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi
transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, 
respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-
bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash 
tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar 
maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam 
miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. 
Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. 
Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi 
ehtiyojga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, 
birinchidan, aholining mazkur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini milliy ishlab 
chiqarish tomonidan to‘la va sifatli ta’minlash imkonini berdi. Ikkinchidan esa, 
oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning o‘zimizda 
yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qo‘lga kiritilishi, respublikamizning 
boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi. 
Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish 
o‘rinlidir: «Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini 
ta’minlashning yagona yo‘li – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlari etishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” 
bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir»
1

1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 


285 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
milliy 
iqtisodiyot 
raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib 
bormoqda. Jumladan, O‘zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini rag‘batlantirish 
orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan mahsulotlar 
tannarxini pasaytirishga bog‘liqdir.
2017 yilda O‘zbekistonda:
1
- inflyatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari 
(tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish; 
- moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini 
barqarorlashtirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish 
stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish; 
- naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar 
o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish orqali ichki bozorda narxning 
shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish; 
- mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini 
bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi 
qishloq 
xo‘jaligini 
rivojlantirishning 2020-2030 
yillarga 
mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5853-son Farmoni ijrosini 
ta’minlash, jumladan, qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor 
tamoyillarini joriy etish, paxta va g‘alla etishtirishda davlat buyurtmasini bekor 
qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar 
manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish 
o‘rinlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2020 yil 9 martdagi «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini 
keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda 2020 yil 9 martdagi 
«G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarni imzoladi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, №118. 


286 
Mazkur qarorlar O‘zbekistonda paxta va g‘alla etishtirishda davlat buyurtmasi 
va davlat xarid narxlarini belgilash amaliyotini to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutadi. 
«Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarorga asosan, 2020 yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini 
etishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinadi.
1
Shuningdek, 2020 yildan boshlab: 

paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi; 

paxta xom ashyosi etishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash 
huquqi beriladi; 

sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi. 
Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, har yili 1 dekabrga qadar kelgusi 
yil hosili uchun kutilayotgan narxlar e’lon qilinishi hamda bozorlardagi narxlar 
o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti 
joriy etiladi. 
Qarorga muvofiq, paxta tolasi Respublika tovar xom ashyo birjasida 
boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx 
shakllanishida 10 foiz chegirma qo‘yish bekor qilinadi. 
«G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga asosan, 2020 yil hosilidan boshlab davlat 
buyurtmasi asosida boshoqli don etishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor 
qilinadi.
2
Qarorga muvofiq, 2021 yil hosilidan boshlab: 

davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz 
kechiladi; 

davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda etishtiriladigan g‘alla barcha 
iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida 
erkin narxlarda sotiladi; 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 9 martdagi «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini kеng joriy 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 9 martdagi «G‘alla еtishtirish, xarid qilish va sotishga bozor 
tamoyillarini kеng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 


287 

don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 
zarur miqdordagi g‘alla fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja 
savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi; 

xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan 
urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi; 

jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida 
kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilib boriladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin