389
Agrar munosabatlarni tadqiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo‘jalik
ishchilari yaratadigan qo‘shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari
o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo‘jaligida olinadigan
daromad o‘rtacha foydadan yuqori bo‘ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan
savollar tug‘iladi.
Tarixan shunday bo‘lib qolganki, ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning
mamlakatimizda ham qishloq xo‘jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi
sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovarlarning
bozor qiymati, ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo‘shimcha qiymat
miqdori jamiyatda shakllangan o‘rtacha foydadan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik
tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi bu tafovut
absolyut renta manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi –
monopol renta
ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit,
ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus
ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat
yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori
bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada
monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori
bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki
Dostları ilə paylaş: