63
sarflanadi va evaziga samarali naflilikning turli xil shakllari yetkazib beriladi.
Xizmat mahsulotining qiymati ko‘rsatilgan xizmatning samarali nafliligiga
aylanadi.
Ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati xuddi moddiy buyumlashgan tovarlar
qiymati kabi unga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat bilan ya’ni,
ishlab
chiqarish xarajatlari (ishchi kuchiga to‘langan ish haqi, ishlab chiqarish vositalari)
va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan ishchilar va xizmatchilarning
qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati bilan
belgilanadi.
Xizmatlar qiymati huddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati shakllangani
kabi qo‘llanilayotgan vositalarga ishchi kuchiga sarflangan xarajatlar qiymati va
qo‘shimcha mahsulot qiymatidan iborat bo‘lib, o‘z tabiatiga ega bo‘ladi va
o‘zining xarakati jarayonida umumiqtisodiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Tovar – “xizmat” boshqa tovarlar kabi o‘z ekvivalenti bo‘yicha
pulga
almashadi, ya’ni pul shaklidagi xuddi shunday qiymatga almashadi. U ham boshqa
tovarlar kabi ikki yoqlama xususiyatga ega bo‘ladi.
Tovar – “xizmat”ning ikkiyoqlama tabiatini quyidagi 2.9-rasmda tez va oson
tushunish mumkin:
Dostları ilə paylaş: