632
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida
kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda
mamlakat ichki aylanmasida
pul kreditidan
kengroq foydalanib, u bank, tijorat,
davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari)
tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul
ssudalari shaklida beriluvchi kredit.
Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit
bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda
keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.
Xo‘jaliklararo kredit
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga
beriluvchi kredit.
U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi
munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan
munosabatlariga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: