Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi. Kambag‘allikning yuqori
darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu,
eng avvalo, xukumatga ishonchning kamligi, unga suyanib qolishi (barcha ishni
qilib berishi kerak, degan fikrga tayanadi) va kam daromadli guruhlarning mavjud
muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog‘liq.
5.
Aholining umumiy ma’lumot darajasining pasayishi . Daromadi past
bo‘lgan oilalar ko‘pincha o‘zlarini o‘qish uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan to‘liq
ta’minlay olmaydilar: o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish. Oddiy
o‘rta maktablarda ko‘plab o‘qituvchilar malakasining pastligi jiddiy muammo
hisoblanadi.
6.
Ijtimoiy-demografik oqibatlar. Mehnatga layoqatli aholining qishloq
joylardan shaharlarga (chet davlatlarga) ishlash maqsadida ko‘chib ketishi, u yerda
qonuniy (noqonuniy) joylashib qolishga harakat qilishi kuzatiladi. Bu esa aholining
qo‘nimsizligini vujudga keltiradi. Hozirda ushbu tendensiya kuchli tarzda
namoyon bo‘lmoqda. Bunday ichki migratsiyaning asosiy sabablaridan biri qishloq
joylarida ish o‘rinlarining etishmasligidir.
Kambag‘allik qancha ko‘p bo‘lsa, uning salbiy oqibatlari ham shunchalik
ortib boraveradi.
24.5. Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida
budjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda
ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga
684
narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan
foydalanadi.