Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə515/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi. 
Kambag‘allikning yuqori 
darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu, 
eng avvalo, xukumatga ishonchning kamligi, unga suyanib qolishi (barcha ishni 
qilib berishi kerak, degan fikrga tayanadi) va kam daromadli guruhlarning mavjud 
muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog‘liq. 
5.
Aholining umumiy ma’lumot darajasining pasayishi
. Daromadi past 
bo‘lgan oilalar ko‘pincha o‘zlarini o‘qish uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan to‘liq 
ta’minlay olmaydilar: o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish. Oddiy 
o‘rta maktablarda ko‘plab o‘qituvchilar malakasining pastligi jiddiy muammo 
hisoblanadi. 
6.
Ijtimoiy-demografik oqibatlar.
Mehnatga layoqatli aholining qishloq 
joylardan shaharlarga (chet davlatlarga) ishlash maqsadida ko‘chib ketishi, u yerda 
qonuniy (noqonuniy) joylashib qolishga harakat qilishi kuzatiladi. Bu esa aholining 
qo‘nimsizligini vujudga keltiradi. Hozirda ushbu tendensiya kuchli tarzda 
namoyon bo‘lmoqda. Bunday ichki migratsiyaning asosiy sabablaridan biri qishloq 
joylarida ish o‘rinlarining etishmasligidir. 
Kambag‘allik qancha ko‘p bo‘lsa, uning salbiy oqibatlari ham shunchalik 
ortib boraveradi. 
24.5. Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosatning asosiy yo‘nalishlari 
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan 
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida 
budjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda 
ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga 


684 
narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan 
foydalanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin