Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə516/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy 
faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi 
jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi 
iste’mol 
tovarlari 
narxlarining 
o‘sishini 
hisobga 
olish 
va 
daromadlarni 
indeksatsiyalash
, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda 
oshirib borish hisoblanadi. 
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi 
aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash
hisoblanadi. 
Amaliy hayotda kambag‘allikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. 
Ijtimoiy 
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga 
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik 
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga 
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga 
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar 
kiritiladi. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik 
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.


685 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – 
bu 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin