Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə519/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   515   516   517   518   519   520   521   522   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
1.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar 
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta’riflash mumkin. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr. 


689 
2.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi 
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini 
takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik 
minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida 
chiqadi. 
3.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan 
foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, 
ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini 
sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z 
ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy 
xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat 
bo‘ladi. 
4.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli 
mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini 
bildiradi. 
5.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni 
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni budjet orqali aholi turli 
guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. 
6.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy 
yo‘nalish – bu narxlarning oshib va pul qadrining tushib ortib borishi munosabati 
bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish 
hisoblanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   515   516   517   518   519   520   521   522   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin