Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə527/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

integratsion
(milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va 
transmilliy
(xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida 
kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy 
integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan Yevropa 
integratsion hamjamiyati (YeI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining 
erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi 
AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. 
Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab 
dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli 
bo‘lmoqda. 
25.2. Jahon xo‘jaligining globallashuv yo‘nalishlari va ziddiyatlari 
 
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi 
jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
ular jahon xo‘jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-
harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-
biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari 
miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o‘rinda ko‘rsatilganidek, baynalminallashuv 
jahon xo‘jaligining bir necha subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar o‘rnatilishi va 
rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. 
Globallashuv
(lotincha globus – 
yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. 
Bugungi 
kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy 


701 
adabiyotlarda uning rivojlanish yo‘nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning 
ham ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda
1
.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni 
qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u 
jahon xo‘jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga 
taalluqli bo‘lgan ma’lum bir unsurlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yo‘lidagi rivojlanishining dastlabki 
qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo‘nalishlari 
makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar 
turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jarayonining quyidagi 
yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish
– 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin