Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə523/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   519   520   521   522   523   524   525   526   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

jahon xo‘jaligi – 
bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-
texnikaviy va boshqa shakldagi iqtisodiy hamkorlik va aloqalari kuchaygan, 
o‘zaro 
manfaatdorlik 
maqsadida 
birlashgan 
turli 
mamlakatlar 
xo‘jaliklarining umumiy tizimidir. 
Jahon xo‘jaligi
subyektlari
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuasini oluvchi turli mamlakatlar; 
- transmilliy korporatsiyalar; 
- xalqaro tashkilot va institutlar; 
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, barcha sohalar, xo‘jaliklar va 
firmalar. 
Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro 
raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon 
narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi 
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sotish 
bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo‘jaligida har bir o‘zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va 
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy 
1
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 4-е изд., перераб. и доп. – М. : Высшее образование, 2008, 
с.497-499. 
2
Экономика: Учебник, 3-е изд., перераб. и доп. / Под ред. д-ра экон. наук, проф. А.С.Булатова. – М.: 
Экономистъ, 2005, с.691.


696 
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar 
manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya 
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‘liqlik obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi 
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo‘lishidan 
qat’iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu sababli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
«jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya 
jarayonlariga hamohang bo‘lishimiz lozim»
1
, deb ta’kidlaydi. 
Shuni amalga oshirish maqsadida “davlat mustaqilligi va suverenitetini 
mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti 
sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 
O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini 
shakllantirish”
1
strategik vazifa sifatida qo‘yildi. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli 
xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati 
mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   519   520   521   522   523   524   525   526   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin