Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə524/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
ning turli-
tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash 
imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va 
mezonlardan foydalaniladi: 
- mutlaq va nisbiy YaIM; 
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori; 
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; 
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; 
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 
Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar 
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova. 


697 
daromad darajasi
bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv 
BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) 
tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlarning 
uchta guruhini farqlaydi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning 
quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); 
- daromadlarning o‘rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta 
mamlakat); 
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta 
mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga
mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda 
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin