709
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv
jarayoni dastlab milliy
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va
xalqaro
tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya’ni
me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki
xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga
majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul
qilingan andozalar va
qoidalarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning
20-yillarida tuzilgan bo‘lsada
(Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro
darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar
ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar –
Xalqaro valyuta
Dostları ilə paylaş: