dirijizm (asosiy vakili Ya.Tinbergen)
bo‘lib, uning
namoyandalari integratsiya jarayonlarida bozor mexanizmining hal qiluvchi rolini
inkor etadilar. Ular
xalqaro
iqtisodiy tuzilmalarning tashkil etilishi va amal qilishi
integratsiyalashayotgan mamlakatlar tomonidan umumiy iqtisodiy siyosatning
ishlab chiqilishi, sotsial qonunchilik bo‘yicha kelishuv, kredit siyosatining
muvofiqlashtirilishi asosida amalga oshirilishi mumkin deb hisoblaydilar.
Yuqoridagi turli-tuman nazariyalarning umumiy tavsifi shuni ko‘rsatadiki, ularning
har biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ma’lum jihatlarini ochib berishga, bu
boradagi muammolarni hal etish va yangi g‘oyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur nazariyalarning to‘g‘ri va ilmiy asoslangan tomonlaridan foydalangan
holda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirishga intilish
iqtisodiyot nazariyasi oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya –
bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada
bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining
o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy munosabatlarning
shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi.
Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi
hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
-
erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli
bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari
bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va
xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir
tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa,
720
boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish
uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH
mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi;
-