26.2. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari Integratsiya jarayonlari obyektiv tavsif kasb etishiga qaramay, u o‘z-o‘zicha,
stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat
yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar
o‘rtasida qonuniy kelishuv va o‘zaro shartnomalar asosida amal qiladi.
Hozirda dunyoda juda ko‘plab integratsion guruhlar mavjud. Biz turli
mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni
ko‘rsatishimiz mumkin:
-
G‘arbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YeI);
-
Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi
(NAFTA);
-
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
assotsiatsiyasi (ASEAN).
Yevropa Ittifoqi 1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu kelishuvlar
1991 va 1992 yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to‘g‘risida
imzolangan edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo‘ldi. Bunga qadar
u Yevropa hamjamiyati deb atalib, o‘z ichiga 1967 yilda birlashgan uchta mustaqil
mintaqaviy tashkilotlarni olar edi, ya’ni:
- 1951 yilda tashkil etilgan ko‘mir va po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa
birlashmasi;
- 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
- 1958 yilda tashkil etilgan atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati.
YeI doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda.
Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozorning,
keyinchalik esa iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar
shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi. Hozirda YeIda
723
yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni
yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlarni rasmiylashtirdilar.