725
- Meksika moliya bozorida AQSh va Kanada banklarining faoliyatini
erkinlashtirish;
- AQSh, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.
Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA
doirasida ichki mintaqaviy
hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga
uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)
1967 yilda
tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kelib uning ishtirokchilari
(Indoneziya,
Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Bruney, Vetnam, Myanma,
Laos) o‘z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy
erkin savdo hududini
tashkil etish vazifasini qo‘ydilar. ASEANning a’zosi hisoblangan har bir
mamlakatning iqtisodiyoti Yaponiya, AQSh,
Osiyoning yangi industrial
mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq.
2018 yil 6 fevral kuni Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi
(ASEAN)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Singapurdagi navbatdan
tashqari yig‘ilishi
o‘tkaziladi.
Unda bir qancha masalalar muhokama qilingan.
Jumladan:
Mintaqadagi aholining turmush darajasini yaxshilash uchun “aqlli shaharlar”
tarmog‘ini yaratish;
Terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka
qarshi kurashda hamkorlikni
rivojlantirish;
Kiber va transchegaraviy tahdidlarga qarshi jamoaviy barqarorlikni
shakllantirish;
Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlar masalasi;
Myanmalik rohine musulmonlarining taqdiri.
Shuningdek, ASEANga a’zo mamlakatlarda aholining turmush darajasini
yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritilishi ko‘zda tutilgan.