Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə556/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   552   553   554   555   556   557   558   559   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya
– jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy 
aloqalarini chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar 
o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni. 
Erkin savdo hududlari
– iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, 
uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. 
Bojxona ittifoqi
– yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishni va uchinchi 
mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi. 
To‘lov ittifoqi
– milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda 
yagona pul birligining amal qilishi. 
Umumiy bozor
– bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga 
oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi 
kuchining erkin harakati ta’minlanadi. 
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
– iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli 
bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy 
va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. 
Qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya
integratsiya jarayonlaridan 
ba’zilari naf ko‘ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan 
integratsiyaning tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya –
har bir mamlakat bir 
vaqtning o‘zida ham donor, ham naf ko‘ruvchi hisoblanadigan integratsiya turi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud? 
2. 
Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning 
integratsiyalashuv jarayonidagi o‘rni qanday? 
3. 
Bojxona ittifoqi va to‘lov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?


737 
4. 
Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning 
faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?
5. 
Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar keltiring. 
6. 
Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvining 
qanday darajalari mavjud?
7. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot bering. 
8. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi yana qanday nazariyalarni 
bilasiz? Bu nazariyalarning afzal va kamchilik tomonlarini taqqoslang. 
9. 
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini 
ko‘rsating. 
10. Mamlakatimizning keyingi yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho 
bering. 


738 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   552   553   554   555   556   557   558   559   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin