731
Eng avvalo, O‘zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan
ishlab chiqarish sohalari tovarlari – qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo
sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi
tovarlarining savdosini
kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va
energiya
resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik
loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ShHTning tarkibida O‘zbekiston o‘ziga xos
salmoqqa ega. Shu bilan birga ShHTning jahon miqyosidagi iqtisodiy salohiyati va
salmog‘i ancha yuqoridir. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish
talablaridan
kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur
bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy
faoliyat
Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil
etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va
korxonalargacha bo‘lgan xo‘jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘limlar
tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat
palatalari barpo etildi.
Engil sanoat sohasida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar geografiyasiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda sohani rivojlantirish borasida eng katta xorij
sarmoyasiga ega bo‘lgan (xorijiy investitsiya mablag‘larini kiritgan)
davlatlardan
biri Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mazkur davlatning ulushi 38 foizni tashkil
etadi. Keyingi o‘rinlarda esa Turkiya, Xitoy, Germaniya,
Buyuk Britaniya va
boshqa davlatlar turadi.
Respublikamiz MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoni amalga oshirishni
keng yo‘lga qo‘ygan bo‘lib unda asosiy katta ulushlarni Rossiya va Qozog‘iston
egallaydi. Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham
sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2014-2018 yillarda engil sanoat sohasiga
kiritilgan investitsiyalar hajmi ancha oshdi (26.2-jadval).
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojining
tarixiy jihatdan uzoq
davr davom etgan natijasi hisoblansada, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko‘pdan-ko‘p
732
muammolar mavjudki, mamlakatimiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta
siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: