Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə549/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

26.3. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va
tashqi iqtisodiy faoliyati
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishining shart-sharoitlari va 
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat 
mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi 
iqtisodiy aloqalar majmuini boshqarishning o‘ziga xos tizimini shakllantirish, 
tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, 
respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yo‘llarini belgilash taqozo 
etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining 
normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish asosida xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yo‘lga 
qo‘yishning hamda ular bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining 
asosiy prinsiplarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy 
va iqtisodiy faoliyati strategiyasining loyihasini ishlab chiqish zarur edi. 
O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‘jalik aloqalarida 
ishtirok etishining asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu 
sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan 
ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi, dunyoning ko‘pchilik 
davlatlarida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko‘pgina xalqaro tashkilotlar – 
BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, 
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot 
kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi.
O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining 
zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, Prezident Sh.Mirziyoyev «jahon ishlab chiqarish 
tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang 
bo‘lishimiz lozim»
1
deb ta’kidladilar. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik 
palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 


727 
Shunga ko‘ra, Tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash va ularning 
xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab 
chiqish strategik vazifa sifatida qo‘yilmoqda. Jumladan, bu borada qaror ishlab 
chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda quyidagilarni inobatga olish taklif etiladi:
1
- milliy transport logistika kompaniyalari o‘rtasida raqobat darajasini oshirish, 
eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni rag‘batlantirish, avtomobil 
parklarini kengaytirish, yuk avtomobillarini olish uchun kreditlar olishni 
soddalashtirish; 
- eksportga mo‘ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatbardosh qilish 
maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini 
oshirish; 
- «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK veb-
saytlarida temir yo‘l va havo transportlarida yuk tashish tariflarini 
optimallashtirish. 
Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p 
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: 
global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy
2
. Har bir darajadagi 
integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud. 
O‘zbekistonning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin