Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə547/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy ittifoqning
amal qilishi YeI Vazirlar kengashi tomonidan YeI 
iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi hamda 
ularga har bir a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat 
qiladi.
Siyosiy ittifoq
yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik 
doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Valyuta ittifoqi
YeI doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda 
barcha mamalakatlar uchun umumiy bo‘lgan valyutaning amal qilishini anglatadi.
1999 yil 1 yanvardan YeI mamlakatlari hududida evro hisob-kitob birligi 
sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga YeIning barcha 
a’zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya va Shvetsiya evro hududidan 
tashqarida qoldi.
YeI to‘la huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kengayib bormoqda. Hozirda 
uning tarkibiga 26 mamlakat kiradi: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, 
Niderlandiya, Fransiya (1957 yil); Daniya, Irlandiya (1973 yil); Gretsiya (1981 
yil); Grenlandiya (1985 yil); Portugaliya, Ispaniya (1986 yil); Avstriya
Finlyandiya, Shvetsiya (1995 yil); Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, 
Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 
yil). Buyuk Britaniya 2020 yil 31 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi a’zoligidan 
chiqib ketdi. 
YeIga a’zo bo‘lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari 
kerak: 
- demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; 
- huquqiy tartibning o‘rnatilishi va unga amal qilinishi
- inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; 
- bozor iqtisodiyotining amal qilishi; 
- Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bera 
olish; 


724 
- o‘z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va 
valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. 
Yevropa Ittifoqining kengayishi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir 
tomondan, yangi hududlar va aholining qo‘shilishi hisobiga YeIning resurs 
salohiyati o‘sadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kengayadi, 
YeIning jahondagi siyosiy mavqei kuchayadi. Boshqa tomondan, YeIdan katta 
hajmdagi sarf-xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va 
transfert to‘lovlari uchun budjet sarflarining o‘sishi talab etiladi. Yangi a’zolar 
iqtisodiyotining tarmoq bo‘yicha tarkibi talabga javob bermaganligi sababli, YeIda 
beqarorlik xavfi kuchayadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin