Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə551/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   547   548   549   550   551   552   553   554   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 mintaqaviy darajadagi
integratsiyasi – bu umumiy tarixga, 
yagona madaniy an’analarga, o‘xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo‘lgan 
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi 
hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion 
aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy 
Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.


729 
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy birlashmalardan 
biri – 
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)dir.
ShHTning shakllanishi 1992 
yildan Xitoy bilan chegaradosh besh postsovet respublikalarining o‘zaro 
chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishidan 
boshlangan. Dastlab “Shanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot 1996 yilda 
Shanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda besh davlat rahbarlarining 
sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni 
qisqartirish kabi masalalarni kelishib, hal etishga qaratildi. 2000 yil iyulida 
Dushanba sammitida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov kuzatuvchi 
sifatida qatnashdi. 2001 yil 15 iyunda Shanxay sammitida tashkilotga oltinchi 
bo‘lib O‘zbekiston qo‘shildi, “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi 
kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi. 2004 yil iyundan boshlab 
tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 
15-16 avgustda Bishkek uchrashuvlarida Eron, Pokiston va Hindiston, 
Mo‘g‘uliston kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 
2016 yilda ShHTning Toshkentda o‘tkazilgan Sammitida Xindiston va 
Pokiston davlatlari ShHTga a’zo sifatida qabul qilindi. Ushbu sammitda a’zo 
davlatlar bilan birga 18 ta kuzatuvchi davlatlar vakillari ishtirok etishdi. Tashkilot 
a’zolari o‘zaro kelishuvlar va hamkorlik shartnomalarini imzolashdi. Bugungi 
kunda ShHTning maqsadi juda oddiy: a’zo davlatlarda harbiy-siyosiy mojarolarga 
yo‘l qo‘ymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastrukturani yaratish (yo‘l, 
logistika markazlari, axborot va qonuniy asoslar va boshqalar). 
2019 yil 13-14 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Shanxay 
hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashida 
Shanxay iqtisodiy tashkiloti bilan hamkorlikni kuchaytirish, Markaziy Osiyo 
davlatlari o‘rtasida erkin savdo aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. 
Shundan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 fevraldagi 
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4619-sonli Qarori imzolandi. 
Unga ko‘ra, 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay xamkorlik 
tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan Shanxay 


730 
hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot 
vositalari sohasida hamkorlik qilish asosiy vazifa qilib qo‘yildi
1

Bu tashkilotga Osiyoning ikki yetakchi mamlakati – Hindiston va 
Pokistonning a’zo bo‘lishi bilan ShHT global kun tartibiga ega eng yirik 
mintaqaviy tashkilotga aylandi. Bugun ShHT faoliyati siyosat, xavfsizlik, 
terrorizmga qarshi kurash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikdan 
tortib ekologik mavzugacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan.
O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy 
integratsiyasining kuchayishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy 
manfaatdorligi bilan belgilanadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   547   548   549   550   551   552   553   554   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin