Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə534/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

xalqaro injiniring
hisoblanadi. 
Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va 
boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob 
loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat 
bo‘ladi. 
Jahon infratuzilmasi.
Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy 
chegaralardan chiqib, boshqa mamlakatlarga kirib borishi orqali to‘xtovsiz o‘sib 
boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini 
tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo‘l transporti) 
bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar 
tarmog‘i tobora ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon 
infratuzilmasi 
bo‘lmasa, 
hozirgi 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning 
baynalminallashuvini rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim 


708 
tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil 
topayotgan vaqtda paydo bo‘lgan. 
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari 
misli ko‘rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab 
chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. 
Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, 
uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. 
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli 
xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy 
va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha 
engillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali 
rivojlanadi. 
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy 
aloqalarga tobora ko‘proq o‘rin bo‘shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab 
chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash 
o‘sib boradi. Hisob-kitoblar va ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda xizmatlar jahon 
yalpi ichki mahsulotining 46 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich 
yanada tezlik bilan o‘sib boradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   530   531   532   533   534   535   536   537   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin