Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish
– ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat
jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
686
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga
asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash
manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq
maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam
tizimi faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan
qo‘llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari,
turli tashkilot hamda jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar
yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda
mahallalarda budjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus
jamg‘armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan omillar
va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib,
islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan
birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi
kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining
kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga
moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni
amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy
himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish
yanada faollashtirilmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublika
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bir qator yo‘nalishlarni
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, ushbu farmonning 4-yo‘nalishida
“ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini
687
izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga
1
alohida e’tibor berilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy
tibbiyot yo‘nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan
126 taga ko‘paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o‘tgan yili 634 ta xususiy
tibbiyot muassasasi tashkil etildi
.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va
ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish
ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m
ko‘p mablag‘ sarflandi.
Qishloq joylarda – 17100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming
700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar
qurildi.
Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga,
jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib
olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi.
2
O‘tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish
umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va
mustahkamlash, jumladan, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-
hunar hamda oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr.
688
malakali kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini
takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi.
Shuningdek, tadqiqotlar natijasi o‘laroq ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini
uzluksiz o‘qitish, kadrlarga qo‘yiladigan kasbiy talablarni qayta ko‘rib chiqish,
aholining ijtimoiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona davlat muassasasini
tashkil etish, soha bo‘yicha ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish
ekspertlar tomonidan taklif etildi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz
natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari
tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan
qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi.
2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3
ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta
yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi.
Etakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146
ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul
qilindi.
1
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |