Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə517/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi 
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam 
oshirib borish
hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab 
chiqilib, daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, 
jamg‘arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir 
vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar 
nisbatini o‘zgartirishda joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta ahamiyatga 
ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif 
koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash 
imkonini berdi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – 
ichki iste’mol bozorini 
himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy 
turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish
bo‘ldi. Bunga erishishda 
muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga 
yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda 
sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy valyuta 
joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz 
kechish erkin narxlarga o‘tish imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning 
uchinchi yo‘nalishi – 
aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy 
himoyalash va qo‘llab-quvvatlash
borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi 
bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, 
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda 
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib 
borildi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin