680
darajasini o‘rganib, xarid qobiliyati asosida valyuta kurslarini qo‘llagan
holda
(xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta
hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to‘plami narxini barcha mamlakatlarda to‘g‘ri
taqqoslash uchun ana shunday qilingan.
Natijada ekspertlar o‘rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida
kambag‘allikning eng pastki darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin
daromad deb hisoblashdi. Bu ko‘rsatkich ilk xalqaro kambag‘allik
chegarasi
sifatida qabul qilindi.
Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli
Jahon banki global kambag‘allik ko‘rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib
chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2005 yilda bank dunyoning eng qashshoq
mamlakatlarida qabul qilingan kambag‘allik darajasi asosida ana shu ko‘rsatkichni
qayta hisobladi. Natijada global qashshoqlikning pastki chegarasi 1,25 dollargacha
deb hisoblashdi. 2018 yilda bu chegara qayta ko‘rib chiqildi va 1,9 dollargacha
degan fikrga kelindi.
Bundan tashqari, Jahon banki kambag‘allikning o‘rtadan past, o‘rta va yuqori
darajalariga – 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlarni
kambag‘allikning yuqori darajalari deb qabul qilingan. Bank mutaxassislari bu
ko‘rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta’lim olish, sog‘liqni
saqlash
xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik kabi jihatlarni
hisobga olmasligini ta’kidlashadi.
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT
Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni
amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda 12-15 foiz yoki 4-5 million
aholimiz kambag‘al bo‘lib hisoblanadi. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13
ming so‘mdan oshmayapti, degani.
Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham
bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70
foizi uni davolatishga ketadi.
681
Hozirgi rivojlanish konsepsiyasi halk farovonligini oshirish, kambag‘allik va
kam ta’minlanganlikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligidan kelib chiqadi,
shuning uchun respublikada o‘tkazilayotgan islohotlar aholi daromadiga nisbatan
moslashuvchan siyosat o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan. U ish haki sohasidagi
bozor islohotlarining har bir bosqichida rivojlanish va o‘zgarishga, daromadlar
miqdoriga bog‘liq ravishda maksimal soliqka tortishni qo‘llash, kam daromadli
aholiga transfert to‘lovlar miqdorini ko‘paytirishga qodirdir. Statistik
ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda oxirgi ikki yil ichida ijtimoiy nafaqa
oluvchilar soni 1,3 barobar ko‘payibdi, nafaqalar miqdori esa 2 barobar oshibdi.
Lekin ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash
yoki ular miqdorini
oshirish bilan mavjud muammo to‘liq echimini topmagan.
Kambag‘allikni tamomila yo‘qotib bo‘lmagan taqdirda ham qisqartirib borish
imkoniyati bo‘ladi. Bunga asosan 2 yo‘l bilan erishiladi.
Dostları ilə paylaş: