Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə510/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

detsil koeffisienti
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10 foiz eng 
yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10 foiz eng kam 


676 
ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh 
va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng. 
“O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab jamiyatning 
ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida e’tibor berilayotgani, sodda 
qilib aytganda, o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasin, degan -
tamoyilga amal qilib kelinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Yurtimizdagi 
10 foiz ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi daromadlari 
o‘rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko‘rsatkich barqaror 
pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o‘rniga 2015 
yilda 7,7 foizni tashkil etdi”
1

Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun 
aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)
ko‘rsatkichi 
qo‘llaniladi. Jini koeffitsienti rasmdagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik 
chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. 
Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik 
shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu 
ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi 
Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar 
pasaygan. 
Daromadlarning 
taqsimlanish 
darajasi 
Jini koeffitsienti 
yordamida 
baholanadi va u 
0 ≤KJ ≤1 
oraliqda bo‘ladi.
1. Jini koeffitsienti 0 ga teng bo‘lganda daromadlar aholi orasida teppa-teng 
taqsimlanadi. 
2. Jini koeffitsienti 1 ga teng bo‘lganda barcha daromadlar ayrim shaxslar 
tasarrufida bo‘ladi. 
Bu holatlar quldorlik tizimida ko‘proq vujudga kelgan. 
Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini 
baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi.
1
I.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka 
yanada kеng yo‘l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir // Xalq so‘zi, 2016 yil 16 yanvar 


677 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,40 dan 0,269 
ga pasaydi. Bu natija BMT tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan 
xalqaro standartlarga ko‘ra, mamlakat aholisining ijtimoiy farovonligi muttasil 
o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Jini indeksi – aholi daromadlarining amalda 
teng taqsimlanishini bildiradi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan 
bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi 
alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi 
bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar 
va ishlovchilar toifalari bo‘yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi. Daromadlar 
tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi bozor tizimiga 
asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Respublikamizda 
ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlar tengsizligi muammosini 
keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya 
va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish 
jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar 
yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning 
tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan 
oilalarning o‘z mol-mulkini meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar 
tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol 
muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda 
muhim muammolar vujudga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 
-
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi 
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 


678 
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi 
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun 
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. 
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert 
to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past 
daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75 foiz)ni tashkil 
qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin