Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Kambag‘allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə511/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

24.4. Kambag‘allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy 
yo‘nalishlari 
Kambag‘allik nisbatan nisbiy tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi 
umumiy hayot standartlariga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan kambag‘allik 
me’yorlarining asosini, pul ta’minoti ko‘rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, 
eng minimal darajada imkoniyati bo‘ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol 
xarajatlarining minimal miqdori kabi ko‘rinishda bo‘ladi. 
Kambag‘allik
– bu hayot uchun muhim bo‘lgan birlamchi ehtiyojlarini 
qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirish uchun yetarli 
daromadga ega bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatidir. 
Xuddi marksistlarniki kabi, g‘arb liberal nazariyasida ham, kambag‘allik, 
shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar 
bo‘lmagandagi holatini anglatadi. 
Prezidentimiz aytganlaridek, “Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida 
tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq 
ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”
1

Jahon amaliyotida integral ko‘rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi 
(IRI) qo‘llaniladi. “BMT taraqqiyot dasturlari” (BMTTD) mualliflari jon boshiga 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi, 2020 yil 25 yanvar. 


679 
to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko‘rish davri va aholining 
ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o‘rtachasini hisoblab turmush darajasining 
umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar. 
Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, qambag‘allik tushunchasi va uni 
hisobga olish turli tashqilotlarda turlicha amal qiladi. Bunda biz Jahon banki va 
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan mamlakatlardagi kambag‘allik 
darajasini o‘lchashda turlicha qarashlari mavjud. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin