728
O‘zbekistonning
transkontinental darajada
amalga oshiriluvchi integratsion
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi
o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992
yilda tashkil
etilgan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston,
Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo‘jalikning transport,
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi
resurslarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro
iqtisodiy hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishdan iborat.
O‘zbekiston
mintaqalararo darajada
yangi mustaqil davlatlar – MDH
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O‘zbekiston birinchilar qatorida MDHni
tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi,
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash
hamda uning Xalqaro
iqtisodiy qo‘mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo‘mitasi
kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o‘zining tashkil
topishi chog‘idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo‘jalik aloqalari va
imkoniyatlardan foydalanishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga
qo‘yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash
maqsadi hamda undan
kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo‘nalishida
ko‘proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida
kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar
ichki ishlariga aralashuvi,
ular manfaatlarining siqib qo‘yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o‘tkazish holatlari
ustunlik kasb eta boshladi.
O‘zbekistonning
Dostları ilə paylaş: