78
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona
amalga oshirilganda.
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) chegirib tashlansa, qolgan
qismi sof ichki mahsulot deyiladi.
Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va
muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning sarf qilingan jonli mehnati bilan
yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi
bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini
normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga
aytiladi.
Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va
bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha
Dostları ilə paylaş: