54
Fan platformasi
Fanning to’liq nomi: Marketing
Fan
kodi:
MARK1406
Fanga
ajratilgan
kreditlar (ECTS): 6
davomiyligi: 4 semestr
Kafedra: Iqtisodiyot
Fan qaysi yo’nalish talabalari uchun: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Fan ma’ruza o’qituvchisi: Giyazova Nozima
Fanga ajratilgan umumiy soatlar: 180
Email:
nozimagiyazova2019@gmail.com
Fan seminar va labaratoriya mashg’ulotlari o’qituvchisi(lari) :
Turdiyeva Muqaddas
Prerekvizitlar: Marketing sohasida
boshlang’ich bilimlarga ega bo’lganlik
Tanlov turi: majburiy fan
Fanning qisqacha bayoni:
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo‘lib, u ikkinchi
kursning ikkinchi semestrida o‘qitiladi. Marketing fani ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik yangilash
vа diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish,
eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo`lishini
qo`llab-quvvatlash, qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish hamda jahon bozorida talab pasayib
borayotgan
bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish hamda mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash orqali xo`jalik yurituvchи sub`ektlarda marketing
faoliyatini to`g’ri tashkil etish bo`yicha bilim va ko`nikma hosil qilishdan iborat.
Fanning maqsadi:
talabalarda mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va
iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarda marketing faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va uni boshqarish,
marketing faoliyatini
takomillashtirishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
- marketing tushunchasi, marketingning paydo bo‘lish tarixi, maqsad va vazifalari,
marketing
ob’ektlari, sub’ektlari, marketing turlari, ularning bir-biridan farq qilishi bo‘yicha tasavvurga ega
bo‘lishi;
- marketing
tadqiqotlarini tashkil etish, axborot yig‘ish, birlamchi va ikkilamchi axborotlar,
ularni yig‘ish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishi;
- bozor va iste’molchilarni o‘rganish, tovarni bozordagi o‘rnini oshirish,
bozorni
segmentlashni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini egallashi;
- tovar, uning hayotiy davrini aniqlash, narx belgilash,
tovar tarqatish tizimini
shakllantirish, tovarni samarali siljitish bo‘yicha malakalarini egallashi;
- marketing faoliyatini rejalashtirish, marketing byudjetini shakllantirish,
marketing nazorati
bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: