37
37
36
MENEJER VA UNING VAZIFALARI
Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Firmada ishlaydigan,
maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yurituvchi va boshqaruvchi
menejer deb
ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer ish vaqtining 70 — 80 foizini
odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi. Shu bois, menejmentni tom ma’noda
qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar faoliyatini o‘zaro muloqot orqali boshqarish deb
ham aytish mumkin.
Menejer oldida turgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ketma-
ket bajarishi kerak bo‘ladi: 1. Rejalashtirish; 2. Tashkil qilish; 3. Rahbarlik qilish;
4. Nazorat qilish.
Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona maqsadidan kelib chiqib,
istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish uchun
korxonaning hamma bo‘limlari ishini o‘zaro muvofiqlashtiradilar. Ularning ishini
tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarilishini nazoratga oladilar.
Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan ma’lum maqsadga erishishiga
chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi, safarbar qiluvchi kishilardir.
Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi, iqtisodiy
bilimlarni chuqur bilishi, o‘zining imidjiga ega bo‘lishi, ma’naviy jihatdan yetukligi,
muomala, so‘zlashuv madaniyatining yuksakligi katta ahamiyat kasb etadi.
FIRMANING BOSHQARUV TUZILMALARI
Firmaning katta-kichikligiga qarab, boshqaruvning turli xil tashkiliy tizimlari
tuziladi. Faraz qilaylik, kichik do‘konda uning egasi va yana bir kishi ishlaydi. Bu
holatda, boshqaruvchi va boshqariluvchi orasidagi o‘zaro munosabat 8.1- chizma-
dagidek bo‘ladi. Bu tizim — sodda tashkiliy tizim deyiladi. Bir nechta bo‘limlardan
tashkil topgan supermarketdagi boshqaruv tuzilmasini ko‘z oldimizga keltiradigan
bo‘lsak, uning tuzilmasi (boshqaruv bo‘g‘inlari) birmuncha murakkabroq bo‘ladi.
Uni sxema tarzida 8.2- chizmadagidek tasvirlash mumkin. Yangi tizimning
avvalgisidan asosiy farqi faqat xizmatchilar sonining ko‘pligidagina bo‘lmay,
balki bir necha quyi darajali qismlardan tashkil topganligidadir. Endi ishchi va
xodimlarning bir qismi bevosita do‘kon egasiga emas, balki kichik bo‘limlarni
boshqaruvchi menejerlarga bo‘ysunadi.
Dostları ilə paylaş: