Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Geotermal energetika. 
Geotermal elektr stansiyalar (geoGES)ning o‘rnatilgan 
quvvati 1970 yilda 678 dan 2000 yilda 8000 mVt gacha Filippin-1909, Italiya-785, 
Meksika-755, Indoneziya-589 mVt (Rossiya-23 mVt). Oxirgi 30 yil ichidagi 
geoGESlar quvvatining yillik o‘sishi 8,6 ni tashkil etdi. Geotermal issiqlik 
qurilmalarini o‘rnatilagn quvvati oxirgi 20 yil ichida 1950 dan 17175 mVt gacha 
o‘sdi. 
Biomassa energiyasi.
Biomassa energiyasidan foydalanish bir necha yo‘nalish 
bo‘yicha amalga oshiriladi: biogaz ishlab chiqarish, qattiq maishiy chiqindilar 
(QMCH)dan energetik foydalanish, yog‘och yoqilg‘i va torfdan foydalanish.
Biogaz va o‘g‘it ishlab chiqarish: 

Umumiy miqdori 6 mln. donadan oshadigan xususiy dehqon fermerlik 
xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik va maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 
kichik qurilmalar (bu yo‘nalish ayniqsa Xitoy va Hindistonda rivojlangan); 

Shahar va sanoat oqova suvlarini to‘kish bo‘yicha aralash qurilmalar 
(dunyoda 100 ta yangi qurilma) va shahar oqava suvlarini qayta ishlash bo‘yicha 
katta qurilmalarda (10000 ortiq qurilmalar); 

Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va fermer xo‘jaliklari mahsulotlari 
chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha fabrikalar (Yevropada 50 dan ortiq fabrika) 
quvvatli aralash qurilmalarda amalga oshiriladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan qurilmalarda olingan biogaz turmushda, suv isituvchi va 
bug‘ qozonlarida, shuningdek, elektr energiya ishlab chiqaruvchi dizel generatorlarda 
ishlatiladi. 


31 
2. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA 
MANBALARINI QO‘LLANILISHI
 
2.1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida avtonom energiyaga bo‘lgan ehtiyoj 
Elektr energiyadan dehqon xo‘jaligida mexanizm va mashinalar yuritish, havo 
va suvni qizdirish, bug‘ olishda, texnologik ehtiyojlarda, suv ko‘tarishda, yoritishda 
va h.k.larda foydalaniladi. Dehqon xo‘jaligini avtonom elektr bilan ta’minlash butun 
mashinalar va jihoz komplekslari ishlash imkoniyatini ta’minlab berishi kerak. 
SHuning uchun, qishloq xo‘jalik energiya iste’molchilarning shunday turlarini tanlab 
olish zarurki, ular o‘zining energiya iste’moli, ish unumdorligi va boshqa texnik 
tavsiflari bo‘yicha kam hajmli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qo‘llanilishi 
mumkin 
bo‘lsin. Faqatgina qishloq xo‘jalik ishlarining qabul qilingan 
texnologiyasiga asosan energiya iste’molining vaqt bo‘yicha grafigini tuzib olib 
mikroGESning yoki boshqa avtonom energiya manbaining zarur quvvatini butun 
dehqon yoki shirkat xo‘jaligi tomonidan iste’mol qiladigan elektr energiyasini yoki 
texnologik operatsiyalar o‘rtasidagi elektr energiyasini aniqlash mumkin (2.1-rasm). 
Va nihoyat bu mikro GES boshqa avtonom elektr ta’minot manbalaridan foylanish 
maqsadga muvofiqligini texnik – iqtisodiy asosini o‘rnatishga imkon beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin